Avstriyaning Krems amaliy fanlar universitetining Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkillashtirilgan hamkorlikdagi qо‘shma ta’lim dasturining ochilishi bo`lib o`tdi!!

Joriy yilning  24 oktabr sanasida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Avstriyaning Krems amaliy fanlar universitetining о‘zaro  shartnomaviy kelishuviga binoan hamkorlikdagi qо‘shma ta’lim dasturining ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.

Mazkur tadbirda Xoreografiya oliy maktabining bir guruh talabalri ishtirok etishib, tashrif buyurgan mehmonlarga о‘zbek milliy san’atining nodir namunalaridan joy egallagan raqslarni ijro etishdi. Talabalar ijro etgan raqslari orqali bizning milliy madaniyatimiz, qadriyatimiz, shakllangan asriy tariximizni о‘zining mayin hamda jо‘shqin raqslarida aks ettirib berishdi. Xususan haqiqiy erkaklarga xos bо‘lgan “Andijon polkasi” buning yorqin dalilidir.

Ma’lumot о‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, ushbu ochilish marosimida Avstriya Krems amaliy fanlar universiteti ta’sischisi va boshqaruv Kengashi raisi professor Xenz Boyer hamda ushbu universitet Prezidenti professor Karl Ensfellnerlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mehmonlarimiz bizning milliy madaniyatimizdan oz bо‘lsada bahramand bо‘lishdi. Bu-ularning yuz-kо‘zlaridagi quvonch hamda ishonchlarida о‘z aksini topdi.