Joriy yilning 23 oktabr sanasida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “О‘zbekiston-millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik yurti” mavzusida tadbir bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni oliy maktabning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bо‘limi” boshlig‘i A.Adilov ochib berdi. Mehmon sifatida О‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasining professori M.Mirqosimova hamda Yakkasaroy Jome masjidi imom noibi H.Boyxо‘rozovlar tashrif buyurishdi.

Tadbirda-О‘zbekistonda barcha din vakillari uchun huquqiy kafolatlangan erkinlik yaratib berilganligi, ularning diniga nisbatan hurmat va yehtirom hamisha kо‘rsatib kelinayotganligi, islom dinini naqadar buyuk ekanligi, insonning butun umri davomida islom dini u uchun eng kerakli bо‘lgan, fafat va faqat odamlarning hayotiga xizmat qilib kelayotganligi ta’kidlab о‘tildi.

Tadbir davomida talabalar о‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislarimizdan kerakli javoblarni olishdi.