Joriy yilning 15-18 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Checheniston Respublikasining Grozniy shahrida “Mahmud Esambayev” nomidagi xalqaro festival va raqs musobaqasi bо‘lib о‘tdi.

Unda Rossiya Federatsiyasining 22 viloyati va dunyoning 10 ta mamlakatidan, xususan-Bolgariya, Misr, Serbiya, Belarusiya, Gruziya, Ukraina, Janubiy Osetiya, Qozog‘iston, Tojikiston hamda О‘zbekiston mamlakatlaridan iqtidorli yoshlar qatnashishdi.

Tanlov ishtirokchilari-badiiy va sahna kо‘rinishlari, texnik mahorati, musiqiy dizayni, sahna libosi va ijrosining о‘ziga xosligi bо‘yicha baholandi.

Mazkur tanlovda О‘zbekiston Respublikasidan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi 1-kurs magistranti   “О‘zbekiston” ashula va raqs ansamblining raqqosasi, “Nihol-2015” davlat mukofoti sohibasi Sehriyo Mirzayeva “Yakkaxon raqs” nominatsiyasi bо‘yicha qatnashib, faxrli 3-о‘rinni qо‘lga kiritdi.

Oliy maktab ma’muriyati Sehriyo Mirzayevaga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.