Joriy yilning 18 oktabr sanasida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida О‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Til-millat qalbi” nomli bayram tadbiri bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori Jomonov Ravshan Oripovich ochib berdi. Sо‘ngra “San’atshunoslik” yо‘nalishi 4-kurs talabalari Shodiyeva Xusnora, Ismoilova Mohinur-ona tilimizning naqadar buyukligini aks ettirgan she’rlardan namunalar о‘qib berishdi. “Kasbiy ta’lim” yо‘nalishi 3-kurs rus guruhi talabasi Babeshko Alina ijrosida “Nozanin” raqsi, “Xoreografiya jamoalar rahbari” yо‘nalishi 1-kurs rus guruhi talabalari, “Kasbiy ta’lim” yо‘nalishi 3-kurs talabasi, “Nihol” davlat mukofoti sohibasi Ziyayeva Sitoraning chiqishlari alohida tahsinga loyiqdir.

Shuningdek, tadbirda О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan jurnalist Ashurali Jо‘rayevning tilimizning nozik hilqatlari borasida sо‘zlagan nutqi ham barchaga birdek ma’qul keldi. О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 1-son Toshkent akademik litsey kursantlari: Rahmatov Otabek, Isomiddinov Abdulaziz va Esonov Dilshodlarning chiqishlari ham alohida ahamiyatli.

Qolaversa, “San’at nazariyasi va tarixi” kafedrasi katta о‘qituvchisi SH.Umarovning ijodiy chiqishi barchaning kо‘ngliga iliqlik kayfiyatini olib kirdi.

Insonning insoniyligi, uning barcha ezgu fazilatlari, erishgan va erishmoqchi bо‘lgan yutuqlari, jamiyatdagi о‘rni va hokazo shu kabi hislat va xususiyatlari uning aziz va jonajon, necha ming yil asrlardan beri shakllanib kelayotgan “Ona tili” asosida yuzaga kelishi tabiiy bir holatdir.

Shunday ekan biz aziz yoshlar millatimizning g‘ururi va qalbimizning ardog‘i bо‘lgan “Ona tili”imizni hamisha asrab-avaylashimiz lozim. Joyi kelganda aytib о‘tish kerakki, bu-bizning millatimiz oldida turgan burchimiz hamdir!