Toshkent davlat milliy raqs va xoregrafiya oliy maktabi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” hamda “San’at nazariyasi va tarixi”kafedrasi tomonidan “Adiblar hiyoboni”da joylashgan  Alisher Navoiy haykali poyiga gul qо‘yildi.

Joriy yilning 21 oktabr sanasida  Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining bir guruh о‘qituvchi va talabalari “Yо‘l xaritasi”da keltirilgan bandlar ijrosini ta’minlash maqsadida va о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining о‘ttiz yilligi munosabati bilan “Adiblar hiyoboni”ga tashrif buyurishdi.

Talaba-yoshlarni bu muqaddas joyga olib kelishdan maqsad ularning tafakkurini, ma’naviy boyligini hamda  tilga bо‘lgan xurmat va e’tiborini kuchaytirishdir.

“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedra mudiri D.Qosimova:

-Ona tili – muqaddas tushuncha ekanligi, har bir inson о‘z ona tilini ulug‘lashi, kо‘kka kо‘tarishi u orqali dunyoni tanishi, kashf etishi, jamiyatda о‘z о‘rnini topishi kerak-deydi.

Adabiyot arbobi Mir Alisher Navoiy  til haqida shunday degan edi:

 Sо‘zdurki,berur xabar jonga jonondin,

Sо‘zdurki, nishon berur о‘likka jondin.

Sо‘z ayladi insonni judo hayvondin,

Bilkim, guhari sharifroq yо‘q ondin.

Darhaqiqat, til – insonning milliy va ma’naviy boyligi hisoblanadi. Til – ona allasi orqali kirib, insonning ruhiyatiga milliylikni singdiradi. Til – millatning kо‘zgusi bо‘lib, unda tarix, о‘tmish va kelajak jonlanadi. “Har bir millatning dunyoda borlig‘in kо‘rsatadurg‘on oynai hayoti til va adabiyotidur” deya e’tirof etilgan.

Ona tilimizni asrab-avaylash, uni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilish biz yoshlarning burchimiz hisoblanadi.