Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining talabalari M. Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” Respublika kо‘rik-tanlovining g‘oliblari bо‘lishdi.

Joriy yilning 19 oktabr sanasida poytaxtimizning muhtasham koshonalaridan biri bо‘lmish “Turkiston” san’at saroyida О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi “Milliy raqs ijrochilari” Respublika kо‘rik-tanlovining taqdirlash marosimi bо‘lib о‘tdi.

Mazkur kо‘rik – tanlovda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining bir qancha iqtidorli talaba-yoshlari о‘z iste’dodlarini namoyish etishdi.

О‘zbekiston dunyo hamjamiyatida kо‘p millatli davlatlardan biriga kiradi. Rus millati vakilasi bо‘lishiga qaramasdan, bizning о‘zbek raqsimizni sevib, mehr-muhabbatini qо‘yib, unga jon baxshida qilib raqs ijro etib kelayotgan oliy maktabning “Kasbiy ta’lim” yо‘nalishi 3-kurs rus guruhi talabasi Alina Babeshko tanlovning 1-о‘rin sohibasiga loyiq deb topildi.

Bundan tashqari bir necha nominatsiyalar bо‘yicha ham bir qator iste’dodli talabalarimiz taqdirlanishdi. “Jо‘shqin ijro” yо‘nalishi bо‘yicha-Setoraxon Axmedova, “Yosh iste’dod” nominatsiyasiga Fotima hamda Zuxra Narzullayevalar, “Artistlik mahorati” yо‘nalishiga-Lalita Asatova, “Tomoshabin tanlovi” yо‘nalishiga-Janar Tо‘reyeva kabilar munosib deb topildi.

Ma’lumot о‘rnida, 2-о‘rinni Aksana Davletova, 3-о‘rinni esa, Dilnoza Mamadaliyevalar egallashdi.

Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi ma’muriyati nomidan barcha iste’dodli yoshlarimizni chin dildan muborakbod etib qolamiz!