Har bir sohaning gullab yashnashida iqtidorli talabalarning о‘rni beqiyosdir. Bunda, albatta, ustoz deb atalmish bilim о‘chog‘ining mehri va mehnati suv va havo kabi zarur!

TDMRXOMda mana shunday iqtidorli talabalarning soni kundan kunga kо‘payib о‘z mevasini berib kelmoqda.

Joriy 2019 yilning о‘zidayoq oliygohning 4 nafar talabalari “Nihol” davlat mukofoti, 2 nafar talabalar “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi, “Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiyasini qо‘lga kiritishib oliy maktab uchun faxrli sovg‘a hadya qilishdilar.

“Nihol” davlat mukofoti sohib va sohibalari: Xasanova Yoqutxon  “Kasbiy ta’lim” yо‘nalishi 4-kurs talabasi;

Ziyoyeva Sitora “Xoreografiya jamoalari rahbari” yо‘nalishi 3-kurs talabasi;

Mirzayeva Dilnozaxon “Xoreografiya jamoalari rahbari” yо‘nalishi 1-kurs talabasi;

Ochilov Ulug‘bek “Xoreografiya jamoalari rahbari” yо‘nalishi 3-kurs talabasi;

“Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi: Xurramov Ravshan “San’atshunoslik” yо‘nalishi 4-kurs talabasi;

“Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi: Aytmirzayeva Ruxsora “Xoreografiya jamoalari rahbari” yо‘nalishi 4-kurs talabasi;

Mana shunday iqtidorli yoshlar hamisha yurtimizning kelajagi va ishonchidir. Ularning ijodiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!!!