2019 yil 16 sentabr kuni Xoreografiya oliy maktab magistratura bo`limi 1-2 bosqichidagi magistrantlari uchun ochiq muloqot bol`lib o`tdi.

Ochiq muloqot Oliy maktab magistrantlarining ilmiy rahbarlari, ilmiy maslaxatchilari, kafedra mudirlari, ilmiy va innavatsion ishlar bо‘yicha prorektor M.K.G‘afurovlar tomonidan olib borildi. M.K.Gafurov dastlab magistrantlarni yangi о‘quv yilini yangi о‘quv binosida va unda yaratilgan keng shart-sharoitlarda boshlaganliklari bilan tabriklab, kelgusida ilm va tarbiya borasida olib boriladigan ishlarimizda davlatimizning ishonchini oqlashdek mas’uliyat turganini aytib о‘tdi.

Mulokotda 2 kurs magistrantlarining tasdiqlangan dissertatsiyalar ilmiy mavzulari bо‘yicha olib borilayotgan ishlari, kiritilgan о‘zgartirishlar xaqida tо‘xtab о‘tildi. Xar bir bitiruvchi magistrantning oliy maktab ilmiy kengashida dissertatsiyalarining diplom oldi himoyalari о‘tkazilishi muddatlari kelishib olindi.

Magistratura bo`limi boshlig`i M.U.Adasheva tasdiqlangan dars jadvali asosida darslar olib borilayotganini, 1 kurs magistrantlarining ilmiy mavzulari va ilmiy rahbarlari tо‘g‘risida tasdiqlangan loyihani 15 oktabrda mutaxassislik kafedralar bayonnomalari kо‘chirmalariga asoslanib tasdiqlanishini aytib о‘tdi. Shuningdek magistrlarga magistrantura tо‘g‘risidagi Nizomning qog‘oz va elektron nusxalari topshirildi.

Magistrantlar o`zini qiziqtirgan savollariga prorektor, bо‘lim boshlig‘i, kafedra mudirlari  va ilmiy rahbarlar tegishli javoblar berishdi.