Barchamizga ma’lumki keyingi kunlarda Prezidentimiz tomonidan barcha sohalar qatorida madaniyat va san’at sohasiga ham yuksak e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy yilda Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining yangi binosi tо‘liq rekonstruksiyadan chiqarilib topshirilgani va yangi о‘quv yilining zamonaviy va barcha sharoitlarga ega muhtasham binoda boshlanishi soha mutaxassislari va talabalar uchun ulkan mukofot bо‘ldi desak mubolag‘a bо‘lmaydi.

Yurtimizdagi madaniyat va san’at sohasida kuzatilayotgan ilg‘or rivojlanish va yutuqlar nafaqat Respublikamiz balki jahon xamjamiyati tomonidan ham e’tirof etilmoqda.

Ushbu doirada joriy yilning 14 sentabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining о‘rinbosari Akilova Kamola Baltabayevna hamroxligida Belorusiya Respublikasi Madaniyat vazirining о‘rinbosari Karchevskaya Natalya Vladimirovna Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining yangi binosiga tashrif buyurdilar.

Ushbu tashrifdan kutilayotgan maqsad xoreografiya sohasini rivojlantirish yuzasidan Belorussiya respublikasi madaniyat va san’at sohasida hamkorlik shartnomalarini imzolash belgilandi.

Xorijlik mehmon Oliy maktabda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni bilan qolaversa professor-о‘qituvchilar va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda talabalar turar joyi bilan tanishtirildi.

Mehmonga talaba va о‘quvchilar tomonidan jahon va о‘zbek xoreografiya san’atiga oid raqs namunalaridan namoyish etildi.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC