Ma`lumki joriy yilning 30 avgust kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida tarixiy voqea Prezident tashrifi kuzatildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan yangi bino 2019-2020 o`quv yiliga tayyor holda Oliy maktab talabalari uchun foydalanishga topshirildi.

Mazkur bino va auditoriyalaridagi qulay sharoitlar va jaxon standartlariga to`la mos keladigan jihozlar bilan ta`minlanganligi, talabalar tomonidan ko`tarinki ruh bilan qabul qilindi.

Bugun Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan oliy maktabning professor-o`qituvchilari tomonidan  “Jonajon o’zbekistonim, mangu bo’l omon!” shiori ostida mustaqillik darslari olib borildi.

Ushbu mustaqillik darslarida talabalarga mustaqillik kunlariga osonlikcha erishilmaganligi hamda bugungi kunga qadar yurtimizda olib borilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan ma’ruzalar olib borildi.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC