Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida

kasbiy (ijodiy) imtihonlar bо‘lib о‘tmoqda

Joriy yilning 25 iyul  kunidan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida bakalavriat ta’lim yо‘nalishlariga kirish test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Mazkur imtihon jarayonlari bо‘yicha  komissiya tarkibiga sohaning yetuk mutaxassislari jalb etilib, yurtimizning barcha hududlaridan talaba bо‘lish ishtiyoqida rо‘yxatdan о‘tgan iqtidorli yoshlarni  saralab olmoqda.

Shuningdek, abituriyentlarning ota-onalari hamda ularning yaqin qarindoshlari  uchun “Kutish va dam olish xonalari” tashkil etilib, shu xonalarning о‘zida ular farzandlarining ijro mahoratlarini kuzatuv kameralari orqali tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri katta ekranlar orqali kuzatib borishmoqda.

Ma’lumot о‘rnida  oliy maktabga kirish kasbiy (ijodiy) imtihonlar, joriy yilning 10 avgustiga qadar davom etadi.