Oliy maktabda Dastlabki taqdimot namoyishi bo`lib o`tdi!

Joriy yilning 18-iyunida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs iqtidorli talabasi Maftuna Mirzaxо‘jayevaning “Orzular ushalgay” nomli ilk maqolalar tо‘plamining taqdimot marosimi bо‘lib о‘tdi.

Bu tadbir “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bо‘yicha 5 ta muhim tashabbus!”ning birinchisi bо‘lmish yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Taqdimotda oliy maktabning professor-о‘qituvchilari, talabalari va talabalarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tо‘plamda talaba M.Mirzaxо‘jayeva tomonidan 3 yil davomida turli Respublika gazeta va jurnallarida e’lon qilingan, jami  96 ta turli maqolalar о‘rin olgan bо‘lib, ularda madaniyat, san’at, adabiyot, ijtimoiy hayot hamda milliy raqs va xoreografiya tо‘g‘risida fikr-mulohazalar va yangi g‘oyalar о‘z ifodasini topgan.

Taqdimotni tashkil etgan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektor Mirmuhsin G‘ofurov yakunda shunday fikr bildirdi: “Bunday tadbirlarni о‘tkazishdan asosiy kо‘zlangan maqsad, yosh avlod iste’dodini yuzaga chiqarish, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish, ayniqsa, ularni о‘z innovatsion ezgu g‘oyalarini amalga oshirishda ularni ma’naviy va moddiy qо‘llab-quvvatlashdir.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC