Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Narkotik va giyohvand moddalarga qarshi kurashish – dolzarb vazifa” mavzusida huquqiy-targ‘ibot tadbiri bо‘lib о‘tdi

Joriy yilning 27 may kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi bilan xamkorlikda “Narkotik va giyohvand moddalarga qarshi kurashish – dolzarb vazifa” mavzusida huquqiy-targ‘ibot tadbiri bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni TDMRXOM Yoshlar bilan ishlash prorektori M.Xolmurodova  ochib berdi va tashrif buyurgan huquq-targ‘ibot xodimlarini tanishtirib о‘tdi.

Shuningdek, huquqiy- targ‘ibot tadbirini о‘tkazishdan kо‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni giyohvandlik, narkomaniya, huquq-buzarlik, jinoyatchilik kabi noxush holatlariga qarshi kurashish choralarini kо‘rish masalalari bо‘yicha gapirib о‘tdi. Shundan sо‘ng sо‘zni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi bosh mutaxassisi Jumanova Saodatga berdi. Ma’ruzachi о‘z sо‘zida bugungi kunda Narkotik moddalarni nazorat qilish Milliy markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar va  davrning eng dolzarb bо‘lgan muammosi giyohvandlik  illati haqida gapirib berdi.

Tadbir sо‘ngida talaba-yoshlar о‘z fikr mulohazalarini bildirish barobarida, о‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan kerakli javoblar oldilar.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC