О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “О‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PQ-4038-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida,  joriy yilning 28 may kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahar Madaniyat bо‘limining “Dо‘stlik” madaniyat markazida viloyat bolalar musiqa va san’at maktablari hamda Madaniyat va aholi dam olish markazlari xoreografiya yо‘nalishi pedagoglari va konsertmeysterlari uchun Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining salohiyatli о‘qituvchilari tomonidan “Mahorat darsi” о‘tkazildi.

Bо‘lib о‘tgan “Mahorat darsi”da о‘zbek milliy raqsi durdonalari, “Klassik raqs” va “Xarakterli raqs” fanlarini о‘qitish uslubiyoti va о‘quvchilarning ushbu fanlarni о‘zlashtirishlarini yanada rivojlantirish masalalari bо‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar berildi.

Oliy maktab va Viloyat madaniyat boshqarmasi hamda Guliston shahar madaniyat bо‘limi о‘rtasida ilmiy-amaliy, ilmiy-ijodiy va uslubiy jihatdan hamkorlik qilish bо‘yicha ikki tomonlama о‘zaro manfaatli shartnoma imzolandi.

Kelajakda Sirdaryo viloyatida mavjud madaniyat va san’at muassasalari hamda tashkilotlarini zamonaviy raqobatbardosh kadrlar bilan ta’minlash ishlari bо‘yicha maqsadli ish olib borishga kelishib olindi.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC