Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 27-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “mahorat darsi” bo`lib o`tdi!

Joriy yilning 24 may kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 27-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi salohiyatli о‘qituvchilari tomonidan “Mahorat darsi” о‘tkazildi.

“Mahorat darsi” О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist, professor О‘g‘iloy Muhammedova, katta о‘qituvchi Aydin Yeshimbetovalar tomonidan yuqori saviyada olib borildi. Mutaxassislar dars davomida о‘zbek milliy raqsi durdonalari, О‘zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva maktabi hamda klassik raqs san’ati namunalari va ularning ijrosi xususida amaliy hamda nazariy ma’lumotlar berib о‘tdilar.

Amaliy tarzda о‘tkazilgan mashg‘ulot davomida xoreografiya yо‘nalishi bо‘yicha ta’lim olayotgan о‘quvchilarda amaliy ijro kо‘nikmalarini shakllantirish va ularni yanada rivojlantirish yuzasidan uslubiy va amaliy kо‘rsatmalar berildi.

Sо‘ngra Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 27-son Bolalar musiqa va san’at maktabi о‘rtasida ikki tomonlama о‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kelajakda  ushbu imzolangan shartnomasi asosida о‘quv, ilmiy, uslubiy va tarbiyaviy ishlar о‘zaro hamkorlik asosida olib boriladi.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC