Joriy yilning 8 may kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida  9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Siz doimo e’zozimizdasiz” dеb nomlangan madaniy – ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Bu tadbirga xoreografiya san’ati sohasining yetuk ustoz murabbiylari oliy maktabda ko’p  yillar o’z mehnat faoliyatini olib brogan faxriy mexmonlar tashrif buyurdi.

Tadbirda oliy maktab rektori Sh.Toxtasimov so‘zga chiqib –  Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilati ekanligi, el-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘ida bo’lishi to’g’risida fikir bildirib o’tdi.

Tadbir davomida faxriylarimizning qadri baland, doimo elimiz ardog’ida ekanligi yana bir bor e’tirof etildi. Shuningdek, bayramning madaniy qismida o’quvchi hamda talaba-yoshlar tomonidan bayram tabrigi bilan birgalikda go’zal raqslari namoyish etildi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC