HISOBOT KONSERTI – BALET SAHNASIDA

29 aprel kuni, Xalqaro raqs kuni munosabati bilan, Alisher Navoiy nomidagi DAKT sahnasida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi bitiruvchilari va talabalarining hisobot konserti bо‘lib о‘tdi. Xoreografiya sohasidagi barcha ijodkorlarning kasbiy bayrami raqs  san’atining barcha yо‘nalishlarini qamrab oladi. Bayramning maqsadi – xoreografiya san’atini har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, madaniy va etnik tо‘siqlarni yengib olib, turli xalqlarni dо‘stlik va ezgulik tili, ya’ni raqs tilida sо‘zlashishga chorlashdir.

Bu yilgi xisobot konserti poytaxtimizda о‘tayotgan “Toshkent baxori – 2019”  V Xalqaro opera va balet san’ati festivali doirasida uyushtirilgan.  Kо‘p yillik an’anaga kо‘ra, konsert dasturi klassik balet namunalari, о‘zbek milliy raqslari hamda jahon xalqlari raqslaridan tuzilgan.

Har bir hisobot konserta – bu о‘quv yili mobaynida Oliy maktab tomonidan yosh balet artistlarini tayyorlash bо‘yicha olib borilgan ishning о‘ziga hos ijodiy hisobotidir. Shu bilan birga, bu ham murabbiylarning, xam ta’lim oluvchilarning  kasbiy mahoratini baholaydigan jiddiy imtixondir.

Konsert dasturining “Divertisment” deb nomlangan birinchi bо‘limi jahon balet klassikasi namunalari va xalq raqslaridan tarkib topdi. Bu yerda F.Shopenning “Vals”, D.Oberning «Pas de quatre», T.Xrennikovning “Ruscha kadril”, S.Chernetskiyning “Suvorovliklar” kabi raqs asarlari namoyish etildi. Dasturda A.Kreynning “Laurensiya”, A.Minkusning “Don Kixot”, A.Adanning “Korsar”, A.Minkusning “Vestalka” balet spektakllardagi variatsiyalar namoyish etildi.

Konsert tarkibida A.Minkusning “Bayaderka” baletidan Marius Petipa xoreografiyasidagi uchta variatsiya alohida о‘rin egallaydi. Rossiya xalq artisti Andris Liyepa sahnalashtirgan “Bayaderka” baleti spektaklining festival kunlarida bо‘lib о‘tgan premyerasi poytaxtimiz madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bо‘ldi.

Dasturda о‘zbek raqs san’atining eng yaxshi namunalari kiritildi. Ular orasida – О‘zbekiston xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva sahnalashtirgan «Pilla» va «Namanganning olmasi», О‘zbekiston xalq artisti Isoxor Oqilov sahnalashtirgan “Guldasta” buxoro raqsi, О‘zbekiston xalq artisti P.Madreimovning “Shagala” qoraqalpoqcha raqsi, yosh baletmeyster О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist Erkin Kaxxorovning «Dioxiroj» va «Suvoriylar» raqslari. Konsert ishtirokchilari mazkur murakkab raqslarni katta mahorat bilan ijro etib, о‘zbek raqsining gо‘zalligini va о‘ziga xos, betakror usullarini namoyon etishdi.

M.Nazarova sahnalashtirgan “Quvg‘in” raqsi zamonaviy xoreografiyaning badiiy ifoda vositalari, tili va plastikasini о‘zlashtirish sohasida olib borilayotgan ijodiy izlanishlar bilan diqqatga sazovor.

Konsert dasturining ikkinchi bо‘limida M.Ravelning “Bolero” baleti namoyish etildi. Istyedodli baletayeyster va pedagog, О‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Teymuraz Tekoyev ijodida “Bolero” spektakli alohida о‘rin egallaydi. Mazkur balet T.Tekoyev tomonidan 1997 yilda xoreografiya bilim yurti bitiruvchilari uchun sahnalashtirilgan. “Bolero” spektaklida T.Tekoyev va uning rafiqasi R.Dosmetovaning baletmeysterlik mahorati namoyon bо‘ldi. 2019 yili bitiruvchilari bilan baletni R.Dosmetova va K.Ibragimovalar sahnalashtirishdi.

Bu yilgi hisobot konsertida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi bitiruvchilari va talabalarining yuksak ijodiy salohiyati yana bir bor namoyish etildi, xamda balet va raqs san’ati ixlosmandlarini yosh ijrochilar va murabbiylarning ijodiy yutuqlari va izlanishlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bо‘lishdi.