Xoreografiya oliy maktabi prorektori tomonidan kitob aksiyasi о‘tkazildi!

Joriy yilning 26 aprel kuni Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabiga Toshkent xoreografiya oliy maktabining о‘quv ishlari bо‘yicha prorektori, dotsent Mirmuxsin G‘ofurov tashrif buyurdi.

M.G‘ofurov о‘quvchilarga madaniyat, san’at sohasidagi yangiliklar, musiqaning inson qalbi va hayoti uchun muhimligi haqida sо‘z yuritdi. M.G‘ofurov о‘quvchi-yoshlar bilan suhbat davomida о‘zining shaxsiy kutubxonasidan joy olgan “Orkestr sinfi” nomli asaridan hamda boshqa mualliflar asarlaridan jami 10 dona kitobni sovg‘a sifatida taqdim etdi.

Maktab ma’muriyati hamda о‘quvchi-yoshlar ushbu e’tibordan benihoya shod bо‘lishdi va yaratilayotgan imkoniyatlar uchun tashakkur bildirdilar.