Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Mahorat darsi” о‘tkazildi!

Joriy yilning 27 aprel kuni Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktabida “Mahorat darsi” tashkil etildi.

Mahorat darsini Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi О‘quv va ilmiy ishlar bо‘yicha prorektori, О‘z.DSMI “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti Mirmuhsin G‘ofurov tomonidan yuqori saviyada olib borildi.

Amaliy tarzda о‘tkazilgan mashg‘ulot davomida “Xalq cholg‘ulari” yо‘nalishi bо‘yicha ta’lim olayotgan о‘quvchilarda amaliy ijro kо‘nikmalarini shakllantirish va ularni yanada rivojlantirish yuzasidan uslubiy va amaliy yо‘nalishlar berildi.

Ayniqsa “Ustoz-shogird” milliy an’analarining asosi va uning bugungi kunda bо‘lajak san’at va madaniyat xodimlari hayotida tutgan о‘rni hamda yoshlarni kamolotga yetishlarida kitob va uning mutoalasining naqadar zarurligi kabi masalalar atroflicha tushuntirib berildi.