“О‘zbekistonda raqs san’ati rivoji va istiqbollari: ijtimoiy jarayonlar”  mavzuida Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi bо‘lib о‘tdi

Joriy yilning 18 aprel’ kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “О‘zbekistonda raqs san’ati rivoji va istiqbollari: ijtimoiy jarayonlar”  mavzuida Respublika ilmiy – amaliy konferensiyasi bо‘lib о‘tdi.

Ilmiy-amaliy anjumanning maqsadi О‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atining rivojlanish holati va kelgusi istiqbollari, milliy raqs va xoreografiya sohasiga bevosita aloqador bо‘lgan ijtimoiy jarayonlarni tadqiq etishdan iborat. Shu bilan birga yurtmizda samarali ijod qilgan san’atkorlar faoliyatini о‘rganish va targ‘ib etish, madaniyat sohasidagi globallashuv jarayonida о‘zbek raqs san’atining о‘ziga xos milliy xususiyatlarini saqlab qolish masalalariga soha mutaxassislari e’tiborini qaratishdan iborat edi.

Anjumanning vazifasi О‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atining rivojlanish bosqichlarini atroflicha yoritish, yoshlarda raqs san’atiga bо‘lgan qiziqishni oshirish, zamonaviy xoreografiya san’atida yuz berayotgan о‘zgarishlar va modernizatsiya jarayonlaridan keng omma vakillarini xabardor qilish va soha bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlarni tanqidiy tahlil etishdan iborat bо‘ldi.

Anjuman natijalari milliy raqs va xoreografiya san’ati sohasidagi metodologik va nazariy masalalar yechimini topish, ularning dolzarb muammolarni hal etishga yaqindan yordam beradi.

Bо‘lib о‘tgan konferensiyada Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan Bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat va san’atga ixtisoslashtirilgan maktablar va oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari, yosh pedagoglar va magistrant hamda ilmiy izlanuvchi tadqiqotchilar ishtirok etdilar.

Ilmiy – amaliy konferensiya ishtirokchilari о‘z ma’ruzalari bilan milliy raqs san’atida yuzaga kelgan kuzatilayotgan dolzarb muammolar, yurtimizda mumtoz raqsning ravnaq topishi va bugungi kundagi rivoji, yoshlar ma’naviy-axloqiy  tarbiyasida raqsning о‘rni va inson ongiga raqs psixalogiyasining ta’siri kabi bir qator qiziqarli  hamda dolzarb ma’ruzalar eshitildi.

Konferensiya yakunida eng yaxshi ma’ruzalar malliflari S.Muratova, N.G‘ofurov, R.Dosmetova, A.Usmonova, M.Adasheva, T.Yuldashev va P.Toshkenboyevlar estalik sovg‘alari va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC