Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Mahorat darsi” bo`lib o`tdi!

Joriy yilning 9 aprel kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga, Qozog‘iston Respublikasidan taniqli baletmeyster, rejissyor hamda xoreografiya fanlari doktori Arman Nurmaxamatuli  tashrif  buyurdi. Tashrif davomida  xoreograf  “Qozoq milliy  raqs san’ati” hamda bir qancha qardosh xalqlar raqslari  bо‘yicha  oliy maktab talaba-yoshlariga mahorat darslarini olib bordi.

Shuningdek, mehmon oliy maktab xoreografiya kafedrasi faoliyati bilan ham tanishib, о‘z mutaxassisligi bо‘yicha kafedraning malakaliy о‘qituvchilari bilan fikr almashdi. Mazkur tashrif barcha mutaxassislar hamda talaba-yoshlarda iliq tasurotlar qoldirdi.

“Mahorat darsi” yakunida TDMRXOM rektori SH.M.Toxtasimov Arman Nurmaxamatuliga esdalik sovg‘alar taqdim etdi.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC