Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” mavzusida tadbir bо‘lib о‘tdi

Joriy yilning 1 aprel’ kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “Yoshlar – sog‘lom hayot tarzi tarafdori” mavzusida birqancha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda davra suxbati tashkil etildi. Bu tadbirni о‘tkazishdan kо‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarni sog‘lom hayot tarziga chaqirish, giyohvandlik, narkomaniya, huquqbuzarlik, jinoyatchilik kabi noxush holatlariga qarshi kurashish choralarini kо‘rish masalalaridir.

Davra suhbatini TDMRXOM Yoshlar bilan ishlash prorektori M.Xolmurodova  ochib berdi va tashrif buyurgan ma’ruzachilarni tanishtirib о‘tdi.

Shundan sо‘ng sо‘zni О‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shaxar Yakkasaroy tumani  “Yakkasaroy” jome masjidi imom xatibi Salohiddin Toshanovga berdi. Ma’ruzachi о‘z sо‘zida bugungi kunda  yoshlarimizning sog‘lom turmush tarzini kechirishlari uchun tо‘siq bо‘layotgan ayrim holatlar haqida  gapirib berdi. Payg‘ambarimiz Muhammad (S.a.v)  Qur’oni karimda ta’kidlashlaricha, 5 holatda inson о‘zining hayoti uchun javob berarkan. Birinchisi-nafsi, ikkinchisi-sog‘ligi, uchinchisi-amalllari, tо‘rtinchisi-yurish-turishi, beshinchisi-olgan ilmi. Mana shu besh amalga rioya qilmagan insonning  oxirati dо‘zaxdir,- degan fikrlarni bildirib о‘tdi. Islomda sog‘lom hayot kechirish uchun inson gunoh va savob ishlarning farqini bilishi lozim. Ma’ruzachimiz о‘z sо‘zlarida xotin-qizlarning ma’naviyati yuksak, insonga, jamiyat uchun kerak bо‘ladigan va о‘zga odamlarning e’tiboridan tushmaydigan va u borgan joy hamisha ravnaq topishi muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, miliy urf-odatlarimizga, sharqona odob-ahloq tamoyillariga munosib ravishda momolar izidan borishni, sharm-hayo, iffatli, kelajakda oila qurganda, ayniqsa, qiz bola uchun bunday fazilat-xislatlar egasi bо‘lishlik haqida sо‘zladilar.

Shundan sо‘ng ma’ruzaga  О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi “О‘zbekkonsert”  davlat muassasasi   ijodiy birlashmasi xonandasi, “Nihol”  mukofoti sovrindori Umar Shamsiyev hamda xonanda Akmalsher Akmalovlar chiqib, sog‘lom turmush tarzini kechirish uchun har bir shaxs eng avvalo kun tartibi rejasiga ega bо‘lishi, aql-idrok bilan tanani-badanni chiniqtirish, ruhan va ma’naviy jihatdan о‘zini-о‘zi tо‘g‘ri nazorat qilish lozimligini tushuntirib о‘tishdi.

Bо‘lib о‘tgan tadbir yig‘ilgan talaba-yoshlarda iliq ta’surotlar qoldirdi.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC