Tamaraxonim – “Sharq marvaridi”

Joriy yilning 28-29 mart kunlari Tamaraxonim tavalludining 113 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida,  о‘zbek raqs san’ati asoschilari Usta Olim Komilov hamda о‘zbek san’atini yurtimiz va xorijda yuksak mahorat bilan namoish etib, serqirra va gо‘zal san’ati, dilbar qо‘shiq va laparlari, yoqimli raqslari bilan dunyo xalqlarini maftun etgan, chet ellarda “Sharq marvaridi” nomini olgan Tamaraxonim siymolari yod etildi.

Bu borada ustozlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida, oliy maktab rektori SH.Toxtasimov hamda Tamaraxonim shogirdi G.Yusupova tashabbusi bilan ta’lim muassasasidagi  katta raqs mashg‘ulotlar zaliga ustozlar sur’ati aks ettirilgan portret namoyishi bо‘lib о‘tdi.

Shuningdek, bugun  oliy maktab rektori SH.Toxtasimov boshchiligida bir gurux pedagog va talaba-yoshlar Tamaraxonim qabrini ziyorat etishdi. Yig‘ilganlar  ustozning ijro etgan qо‘shiq va laparlari xalqchilligi bilan alohida ajralib turganligi hamda, uning repertuarida turli xalqlar qо‘shiq va raqslari mavjud bо‘lib, xalqlar dо‘stligi va tinchligi mavzulari raqslarida mustaxkam о‘rin egallaganligini  eslab xotirlashdi.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC  
SONY DSC
SONY DSC