O‘zbek raqs san’atining mashhur namoyondalari xonadonlariga tashrif  uyushtirildi!

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni yurtimizda keng nishonlandi. Yillar o‘tsada insonlar qalbida muxrlanib qolgan tuyg‘ular hamon o‘z kuchini ko‘rsatar ekan. Bayram  kuni TDMRXOM rektori Sh.Toxtasimov boshchiligida, oliy maktabda ko‘p yillar mobaynida o‘zining sermaxsul faoliyatini olib borgan raqqosa, baletmeyster va pedagog, O‘zbekiston xalq artisti, mo‘‘tabar ona Qunduz Mirkarimova  hamda o‘zbek raqslarining mohir ustasi, O‘zbekiston xalq artisti, balerina Gulnora Mavaevalar honadonlariga tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida  raqs san’atining fahriysi Q.Mirkarimova ijodi xususida bir qancha ijobiy fikrlar bildirildi.  Ustoz sahnalashtirgan milliy raqs namunalari raqs ansambllari dasturiga hamda oliy maktabning o‘quv jarayonlariga kiritilib, xozirgi kunda ham ijro etilayotganligi, xususan, kuni-kecha Q.Mirkarimova sahnalashtirgan “Mustahzod” raqsi 8-Mart bayrami munosabati bilan uyushtirilgan davlat tadbirida katta muvaffaqiyat bilan ijro etilganligi ta’kidlab o‘tildi. Tashrif chog‘ida qo‘shaloq bayram sifatida Q.Mirkarimovani mo‘‘tabar 94 bahorni qarshi olganligi munosabati bilan esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Shuningdek, G. Mavaeva bilan ham olib borilgan qiziqarli va quvnoq suxbat jarayonida raqs san’atining unutilmas namoyondalari esga olindi. G.Mavaeva “Meni insoniylik mashhur qildi. Ertami, kechmi har birimizning hayotimizda qiyinchiliklar bo‘lib o‘tadi. Ularni engib o‘tish uchun esa kishi matonatli, sabr-toqatli bo‘lishi lozim. Shu boisdan hayot- bu eng avvalo sen bilan hozir nima sodir bo‘lishi, boshqacha emas ekanligini bilish lozim” deya o‘z fikrini yakunladi.

Tashriflar yakunida ustozlarga sog‘lik va baxt-saodat tilandi.

SONY DSC  
SONY DSC 
SONY DSC