Taniqli balerina Ramanova Svetlana Valentinovna bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi!

2019 yil 5 mart kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida taniqli balerina, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Ramanova Svetlana Valentinovna bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmon oliy maktab faoliyati bilan tanishib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy maktab rahbariyati bilan fikr almashdi. Shuningdek, oliy maktabning klassik bo‘limida taxsil olayotgan yuqori sinf o‘quvchilari bilan “Mahorat darsini” o‘tkazdi.

Yuqori saviyada bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida TDMRXOM rektori Sh.Toxtasimov, bugungi kunda S.Ramanovani rus balet san’atining etakchi namoyondalaridan biri ekanligini e’tirof etib, kelgusida ham tizimliy ravishda hamkorlikni davom ettirilishi haqida gapirib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida S.Ramanova, Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri baletmeysteri, rejissyor va prodyuser, Rossiya xalq artisti  Andris Liepa taklifiga binoan yurtimizga tashrif buyurgan bo‘lib, bugungi kunda “Bayaderka” nomli balet spektakilini sahnalashtirishda yordam bermoqda.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC