MILLIY BALETIMIZNING AFSONAVIY QAXRAMONI BERNORA QORIEVA BILAN IJODIY UCHRASHUV BO`LIB OTDI!

2019 yil 4 mart kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida milliy baletimizning afsonaviy qahramoni va  asoschilaridan biriga aylanib ulgurgan ijodkor, taniqli balerina  Bernora Qorieva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda B.Qorieva o‘zining ijodiy faoliyati va ishtirok etgan balet spektakllari, sahnalashtirgan xoreografik asarlari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.  Shuningdek, uchrashuv davomida B.Qorieva dunyo sahnalarida  ijro etgan balet spektakllaridan parchalar namoyish etilayotgan vaqtning o‘zida, shu sahnalar bilan bog‘liq bo‘lgan tassurotlarini yashirib turolmay, yig‘ilganlarga bayon etib bordi.

Ochiq munozara va fikr almashish ruhida bo‘lib o‘tgan mazkur “Ustoz va shogirdlar” ijodiy uchrashuvi barcha ishtirokchilar qalbida iliq taassurotlar qoldirdi.

Ijodiy uchrashuv yakunida TDMRXOM rektori Sh.M.Toxtasimov B.Qorievaga samimiy minnatdorchilik bildirib, esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC 
SONY DSC