Qoraqalpog‘istonlik bo‘lajak san’atkorlar uchun  

“Mahorat darslari” o`tkazildi!

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Bolalar musiqa va san’at maktablari hamda madaniyat va san’atga ixtisoslashtirilgan maktablarida joriy yilning 25-27 fevral kunlari milliy raqs va xoreografiya san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha “Mahorat darslari” bo‘lib o‘tdi.

Mahorat darslari Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi o‘qituvchilari K.Ibragimova va A.Urazbaevalar tomonidan yuqori saviyada o‘tkazildi.

Mahorat darslari davomida K.Ibragimova va A.Urazbaevalar maktab o‘quvchilari bilan o‘z mahoratlari va san’at sohasidagi malakalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Tadbir davomida mutaxassislar milliy raqs va xoreografiya yo‘nalishi o‘quvchilarida amaliy ijro ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni yanada rivojlantirish yuzasidan uslubiy va amaliy yo‘nalish berdilar. Shu bilan birga o‘quvchilarning ijro mahoratlarini ham sinovdan o‘tkazdilar. O‘quvchilar “Mahorat darlari”da faol ishtirok etish bilan birga o‘z mahoratlarini ham oshirishdilar.