Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida Baletmeystrlik san’ati fanidan yakuniy nazorat imtihoni bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 8 fevral kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talaba-yoshlari “Baletmeystrlik san’ati” fanidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirishdi.  Imtihon jarayonida, talabalar “Baletmeystrlik san’ati” fani o’qituvchisi, bugungi kunda oliy maktab faoliyatida o’zining serqirra mexnat faoliyatini olib borayotgan yosh mutaxasislardan biri Shirin Jalilova tomonidan berilgan bilim va ko’nikmalari asosida  o’zbek milliy raqslari hamda bir qancha osiyo, yevropa raqslarini maxorat bilan ijro etishdi.

Mazkur imtihonga kuzatuvchi sifatida, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rektori Sh.M.Toxtasimov ham tashrif buyurib, ushbu raqs san’at turning naqadar jozibador ekanligini va o’zlarining qimmatli o’gitlarini talaba-yoshlarga bayon etdi.

Imtihon yakunida talabalar egallagan bilimlarini, nazariy jihatdan ham isbotlab berishdi. Bo’lib o’tgan imtihon barcha yig’ilgan mutaxassislar hamda talaba-yoshlarda iliq tasurotlar qoldirdi.

SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC