“Tinchlik-eng oliy ne’mat” hamda “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzusida profilaktik  tadbir bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 6 fevral’ kuni, oliy maktab mashg‘ulotlar zalida talaba-yoshlar uchun  “Tinchlik-eng oliy ne’mat” hamda “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzusida profilaktik  tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni oliy maktab Yoshlar bilan ishlash prorektori M.I.Xolmurodova kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi. Shuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, oliy maktabda yuksak ma’naviyatli barkamol yoshlarni tarbiyalash, millatlararo totuvlik va  bag‘rikenglik g‘oyalarini talabalar ongiga singdirish, Yurtboshimiz orzu qilgan har tomonlama rivojlangan fidoyi shaxs bo‘lishi va umumbashariy qadriyatlarni chuqur hurmat qiluvchi haqiqiy O‘zbekiston fukarolarini tarbiyalashdan iborat ekanligi haqida fikr bildirib o‘tdi.

Shundan so‘ng so‘z navbatini O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Yakkasaroy” masjidi imomi Salohiddin Tashanovga berdi. Imom o‘z nutqlarida hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag‘rikenglik muammosi jahon hamjamiyati davlatlari uchun g‘oyat dolzarb masalalardan biri hisoblanishini takidlab har bir musulmon uchun “Tinchlik-eng oliy ne’mat” hisoblanadi. Tinchlik hukm surgan mamlakatga notinch, g‘ayridinlar ko‘z olaytiradi. Islom dinini niqob qiladi. Qadrli talabalar, bir narsani juda yaxshi anglang, “Islom dini terrorizmni ekstremizmni juda qoralaydi,  dinimizda bu ikkisiga o‘rin yo‘q”,- deya imom o‘z so‘zlarini davom ettirdilar.

Darhaqiqat, har bir inson, butun jamiyat o‘zaro munosabatlarni xalqlarning turli urf odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag‘rikenglik asosiga qurishi zarur. Zero, tinch-totuvlik, bag‘rikenglik taraqqiyot garovi ekanligini ta’kidlab o‘z ma’ruzalarini yakunladilar.

Tadbir so‘nggida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan to‘liq  javob berildi.

SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC