Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi rahbariyati, Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 164- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Joriy yilning  22-yanvar kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabining barcha prorektorlari hamda iqtidorli talaba-yoshlari, Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan 164- sonli umumiy o‘rta ta’lim  maktab o‘quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazishdi.

O‘quv, ilmiy hamda innovatsiya ishlari bo’yicha prorektor M.G‘ofurov tomonidan o‘quvchi-yoshlarga oliy maktab faoliyati,  yurtimizda san’at va madaniyat sohasiga qaratilayotgan e’tibor hamda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor M.Xolmurodova o‘quvchi-yoshlarga kitob mutoalasiga mehr qo‘yish, ta’lim jarayoniga doir bilim ko’nikmalarni chuqur egallash lozim ekanligi hamda  kelgusida oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun bugungi kunda bir qancha imkoniyatlar yaratilayotganligi va ta’lim sohasidagi istiqbolli rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Jonli muloqot  tarzida bo‘lib o‘tgan davra suhbati davomida, o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to‘liq javob olishdi. Uchrashuv yakunida o‘quvchilarni madaniyat va san’atga oshnoliklari yanada uyg‘unlashdi.

Ma’lumot o‘rnida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi hamda Toshkent shahar Chilonzor tumanida  joylashgan 164- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘rtasida  2018 yil 13 aprel sanasida hamkorlik  memorandumi imzolangan.

SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC