TDMRXOM talabasi Doston Turg‘unov  klassik va zamonaviy raqs san’ati bo‘yicha xalqaro Ballet beautiful art ko‘rik-tanlovi sovrindori!

Joriy yilning 4-8 yanvar kunlari  Sankt-Peterburg shahrida “Ballet beautiful art” klassik va zamonaviy raqs san’ati bo‘yicha xalqaro ko‘rik-tanlov yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Bu yil tanlovda  Rossiya Federatsiyasining ko‘plab mintaqasidan va dunyoning 10ta mamlakatlaridan 120 nafardan ortiq  ishtirokchilar qatnashdi. Besh kun davom etgan ko‘rik-tanlov davomida ishtirokchilar o‘z asarlarini hakamlar hay’atiga taqdim etishdi. Bu ishtirokchilar orasida, Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi 2-bosqich talabasi “Respublika yosh ijrochilar ko‘rik tanlovi-2017” mukofoti sovrindori Doston Turg‘unov ham o‘z istedodini namoyish etdi.  Musobaqa davomida Doston Turg‘unov tomonidan “Jizel” spektaklidan Albert variatsiyasi, keyingi bosqich hamda gala-konsert dasturi davomida – “Korsar” spektaklidan variatsiya ijro etib hakamlar hay’ati a’zolarini hamda yig‘ilgan barcha tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.Bo‘lib o‘tgan qizg‘in bellashuv yakunida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra:  Birinchi o‘rin Italiyalik ijrochiga, ikkinchi o‘rin TDMRXOM talabasi Doston Turg‘unovga O‘zbekiston, uchinchi o‘rin Rossiyalik ijrochiga berildi.