“O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi” xususida o`quv mashg`ulotlari o`tkazildi!

Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida yangi 2019 yilni kutib olish munosabati bilan talabalarga berilgan qishki ta’til vaqtini unumli o‘tkazish borasida professor-o‘qituvchilar va konsertmeysterlar uchun  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi PQ-4038-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, professor Jahongir G‘aniev yuqori saviyada olib bordi.

O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishdan maqsad milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini chuqur o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini teran anglash hamda konsepsiyada Oliy maktab jamoasiga yuklatilgan ustivor yo‘nalishlardagi muhim vazifalar ijrosini ta’minlashdan iborat edi.

Mashg‘ulotlar yakunida professor-o‘qituvchilar va konsertmeysterlar “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi” bo‘yicha test sinovlarini topshirdilar.

Kelajakda Oliy maktab jamoasi tomonidan O‘zbekistonda olib borilayotgan turli jabhalardagi islohotlar ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etishlari bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC