Taraqqiyot yo’lida-Innovatsiya

Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida talabalarning qishgi ta’tili vaqtida professor-o’qituvchilar uchun maqsadli tarzda ingliz tili va axborot-texnologiyalaridan foydalanish hamda O’zbekistonda ta’lim, madaniyat va san’at sohalarida amalga oshirilayotgan islohatlar kabi yo’nalishlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlari tashkil etildi. Bu mashg’ulotlarni o’tkazishdan maqsad yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish, yurtimizda oliy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, kelajakda mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirishdan iborat edi.

O’quv mashg’ulotlarini olib boorish uchun salohiyatli va amaliyotchi mutaxassislar jalb etildi. Jumladan, joriy yilning 8-yanvar  kungi o’quv seminarini O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining “Sanoatni rivojlantirish” bo’limi boshlig’i o’rinbosari, iqtisod fanlari nomzodi  – Odiljon Abdurazzoqov olib bordi.

11 yil davomida AQSH, Germaniya, Gollandiya va Ozorboyjon Respublikasi kabi  davlatlarning nufuzliy oliy ta’lim muassasalarida innovatsiyalar bo’yicha pedagogik faoliyat olib borgan O.Abdurazzoqov innovatsiyon g’oyalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari hamda tijoratlashtirish bo’yicha rivojlangan davlatlar tajribasi asosida yurtimizda innovatsiya sohasini jadal suratlarda rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan va oshirilishi kerak bo’lgan vazifalarga alohida to’xtalib o’tib. Har qanday soha vakili ham “innovator” bo’la olishini yig’ilgan professor -o’qituvchilarga yorqin misollar yordamida tushuntirib berdi.

Ochiq munozara va fikr almashish tarzida bo’lib o’tgan mashg’ulotlar barcha ishtirokchilar qalbida iliq ta’surotlar qoldirdi.

SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC