YORQIN IJODNING, MASHAQQATLI YO`LI MAVZUSIDA UCHRASHUV BO`LIB O`TDI!

Joriy yilning 18-dekabr kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti, lirik, klassik qo`shiqlarning maxoratli ijrochisi, Bahor ansambli xonandasi – Xayrulla Lutfullayev bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi.

Ijodiy uchrashuvni Yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektor M.I.Xolmurodova kirish so’zi bilan ochib berdi. Ustozning erishgan yutuqlari, mashaqqatli ijod yo`li haqida talaba yoshlarga tushuncha berib o`tdi.

Ustoz san’atkor o`zining xayoti yo`li, sehrli olamiga kirib kelishi, ushbu san’at turning yosh avlod ongiga tasiri haqida gapirib o`tdi. Shuningdek,   “San’atda doimo xalqning roziligini olish kerak. Bu davlat tadbirlari bo`ladimi, xalq e’tiboriga xisobot konserti bo`ladimi, barida elning ko`nglidan joy olish kerak.” – deya talaba-yoshlarga o’zlarining qimmatli o’gitlarini bayon etdilar.

Shundan so`ng talabalar o`zlatini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Tadbir davomida san’atkor o`zining “Men sevaman sen sevasanmu”, “Dilxiroj”, “Tanovor” qo`shiqlarini kuylab yana bir bor barchaning ko`nglini shod ayladi.

SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC
SONY DSC