Joriy yilning 15 yanvar kuni О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasiga AQShning yetakchi ilmiy-tadqiqot instituti “Atlantic Council” (Atlantika Kengashi) katta ilmiy xodimi, jurnalist va yozuvchi Terrell Djermeyn Starr tashrif buyurdi.

Tashrif davomida T.Starr janoblari akademiyadagi ta’lim jarayoni bilan tanishib, iqtidorli talabalarimiz bilan muloqot о‘tkazdi. О‘zbek xoreografiya san’ati tarixi, buguni, istiqbollari haqida pedagog,  doktorant va magistrantlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, о‘quv jarayonida talabalar tomonidan milliy raqs san’atimizning nodir durdonalaridan iborat farg‘onacha, xorazmcha, qoraqalpoqcha va uyg‘urcha raqslar ijro etildi.

Tadbir mazmunli va yuqori saviyada bо‘lib о‘tdi.