Joriy yilning 14 yanvar kuni Xoreografiya akademiyasida Vatan ximoyachilari kuniga bag`ishlangan katta tadbir bo`lib o`tdi. Mazkur tadbirni Akademiya rektori Toxtasimov Shuxrat Maxmutovich tabrigi bilan ochib berdilar va barcha vatanimiz ximoyachilarini bayram bilan muborakbod etdilar. Shuningdek tadbir turli xil dasturlar asosida xamda kuy qo`shiqlar va raqslar jo`rligida ko`tarinki ruhda o`tkazildi. Tadbirda  barcha Akademiya rahbar xodimlariga esdalik sovg`alar taqdim etildi!