Talabalar turar joyi Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi yangi binosida joylashgan bо‘lib, 2019 yil sentabr oyidan foydalanishga topshirildi.

Oliy maktab yangi binosiz 400 o`ringa, talabalar turar joyi 300 о‘ringa mо‘ljallangandir. Hozirgi kunda TTJda 170 nafar talaba istiqomat qilmoqda. TTJda talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan bо‘lib, talabalar uchun 1 nafar tarbiyachi pedagog jalb etilgan. Shu bilan birga talabalar uchun maxsus dam olish xonasi, sport xonasi hamda ARM tashkil qilingan.