PULATOVA MALOXATXON JURAYEVNA

Xoreografiya akademiyasi axborot resurs markazi mudiri
  • Telefon: (+998 71) 215-55-94
  • E-mail: tdmrxom@inbox.uz

Axborot resurs markazi haqida

O’zbekiston davlat xoreografiy akademiysi xususiyatidan kelib chiqib Axborot resurs markazi fondida asosan san`atshunoslik va xoreografiya yo’nalish bo’yicha darslik, o’quv qo’llanma, nota asarlari badiiy adabiyotlar va boshqa turdagi adabiyotlar saqlanadi. Kutubxona asosan akademiya binosi ichida joylashgan bo‘lib, umumiy maydoni 102 kvadrat metrni tashkil etadi. ARM ning filiallari mavjud emas. Talabalar turar joyida ko‘chma kutubxona joylashgan.

Kutubxonamizda quyidagi bo‘limlar mavjud:

  • Kitoblarga ishlov berish bo‘limi
  • Dipozitar fond
  • O‘quv zali
  • Mutaxassislik bo‘yicha kitob tarqatish bo‘limi
  • Umumta’lim fanlardan kitob tarqatish bo‘limi
  • Elektron o‘quv zali

Kutubxona fondi 39523 nusxa, 13076 nomdan iborat. Shulardan:

  • Darsliklar – 5278 nusxa, 574 nomda
  • O‘quv qo‘llanmalar – 10524 nusxa, 1147 nomda
  • Badiiy adabiyotlar – 10990 nusxa, 5900 nomda
  • Ilmiy adabiyotlar – 48nusxa, 37 nomda
  • Elektron nashrlar -1898nomda

Axborot resurs markazida barcha xodimlar asosiy shtatda faoliyat yuritadilar. Kutubxonamiz zamonaviy texnik vositalar, kompyuterlar, skanerlar bilan ta’minlangan.

Avtomatlashtirilgan kutubxonalar yaratish va elektron axborot resurslarini shakllantirishning asosiy bosqichi – bu kutubxona elektron katalogini va to‘liq matnli elektron resurslarni yaratishdir. Shu kunga qadar ARM fondi hamda yangi kelib tushayotgan nashrlarni ARMAT dasturidagi elektron katalogga to‘liq, nomma-nom tushirilmoqda. Jami elektron katalogda bibliografik yozuvlarning soni  700 dan ortgan va bu ish davom ettirilmoqda.

O‘zDXA ARM talabalar, o‘quvchilar, aspirantlar, professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, ishchi xodimlar, shuningdek mazkur ARM xizmat ko‘rsatadigan hududda yashaydigan barcha aholi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatadi. Yagona kitobxonlik guvohnomasi bo‘yicha 600 ta kitobxon ro‘yxatga olingan. Bulardan 400  talaba, 13 ta magistr va 45 ta professor-o‘qituvchilar.142ta xopeografiy maktab intenat o`quvchilari

ARM fondiga olib kelingan adabiyotlar soniga qarab bo‘limlarga tarqatiladi. Har oyning oxirida yangi olingan adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. Professor o‘qituvchilar, talabalar, ushbu ko‘rgazmada ARM fondiga olingan adabiyotlar bilan tanishadilar, bayonnomalar rasmiylashtiriladi, foto lavhalar aks ettiriladi.

O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Axborot resurs markazida nodir kitoblarni, shu jumladan, noyob va alohida qimmatli nashrlarni tegishli sharoitlarda saqlanishga alohida e’tibor qaratilgan.

2019-2020 o`quv yilidan axborot-resurs markazida ўқув йилидан ахборот-ресурс марказида   “ARM O`zDXA” ssilka telegram kanali tashkil qilindi. 520 nomda darsliklar,o`quv qo`llanmalar, audio, video roliklar joylashtirilgan.Kanaldan, O`zbekiston Respublikasi bo`yicha barcha xoreografiya va o`zbek raqs san`atiga qiziquvchi kitobxonlar doimiy ravichda ssilka kirib foydalanishlari mumkin.

 

Axborot resurs markazining asosiy vazifalari quyidagilar iborat:

  • Ta’lim muassasasuning ixtisoslashuviga muvofiq asosan ilmiy-ta’limga oid mazmundagi axborot kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini ta’minlaydi;
  • Elektron kutubxona va electron katalogni shakllantiradi;
  • Shaxsning ma’naviy boy va barkamol ijodini o’sishi uchun imkoniyatlar yaratgan holda o’zidagi va o’zidan uzoqdagi axborot-kutubxjna resurslardan foydalanish asosida O’zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy me’rosidan foydalanuvchilarni bahramand etadi.