O`zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o`tish bilan bog`liq tub isloxatlar, tabiiyki ta’lim sohasini chetlab o`tmagan. Respublika ta’lim tizimini zamon talablari darajasida tashkil etish, kadrlar bozorini, raqobatini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Ta’lim xizmatlari ko`rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori (1998 yil) mazkur yo`nalishidagi ishlar uchun me’yoriy-xuquqiy zamin hozirladi.