“Qomusimiz — nomusimiz!” 

Joriy yilning 6 dekabr kuni Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida “О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligiga bag‘ishlab  “Qomusimiz — nomusimiz!”  mavzusida tadbir bо‘lib о‘tdi.Tadbirni Oliy maktab О‘quv va tarbiyaviy ishlar bо‘yicha prorektori Jahongir G‘aniyev kirish sо‘zi bilan ochib, Konstitusiyamizning о‘ziga xos jihatlai haqida talaba-yoshlarga tushuntirishlar berdi. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori Rovshan Jomonov g‘ururimiz va shonimiz hisoblangan ona-tilimizning shakllanishida ham qomusimizning о‘rni beqiyos ekanligi haqida alohida ta’kidlab о‘tdi. Sо‘ngra, sо‘z navbati mehmonlarimiz: Toshkent davlat yuridik universiteti “Konstitusiyaviy huquq” kafedrasi yuridik fanlari doktori Sardor Yusupov hamda katta о‘qituvchi Bekzod Narimonovlarga berildi. Ular konstitusiyamizning qabul qilinishi bilan bog‘liq jarayonlar, konstitusiyamizga kiritilgan о‘zgartirishlar, undagi moddalar va boblar tо‘g‘risida, qolaversa, insonning yaxshi va tinch-osuda yashashida ushbu qomusimizning о‘rni va ahamiyati nihoyatda muhim ekanligi haqida atroflicha tushuntirishlar berib о‘tdilar.

Albatta, xoreografiya oliy maktabi san’at oliygohlaridan biri bо‘lganligi bois, ushbu tadbir ham kuy-qо‘shiqlarsiz о‘tmadi. 3-kurs “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi talabalari tomonidan kо‘rsatilgan “Konstitusiya moddalari talqini” nomli kichik sahna kо‘rinishi, 1-kurs “Xoreografiya jamoalari rahbari” ta’lim yо‘nalishi  talabasi Madina Beknazarova ijrosidagi “Xorazmcha” raqs hamda 3-kurs “San’atshunoslik” ta’lim yо‘nalishi rus guruhi talabasi Davron Tillaboyev ijro etgan “Vatan” haqidagi qо‘shiqlar ham tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

   Ravshan XURRAMOV    

TDMRXOM matbuot xizmati kotibi